Oybek uy muzeyi
Oybek uy-muzeyi adib tug‘ilgan kunning 75 yilligi munosabati bilan 1980 yilda barpo etilgan. Muzey ikki qismdan iborat bo‘lib, 1940-1941 yillarda qurilgan 5 xonali binodan adibning hayot va ijod yo‘lini aks ettiruvchi ekspozitsiya o‘rin olgan. Hovlining shimoliy tarafidagi binoda esa memorial xonalar: mehmonxona, ijodxona (birinchi qavatda), bolalar xonasi va yotoqxona (ikkinchi qavatda) joylashgan. Ikkinchi qavatga dahlizdagi yog‘och zinalar osha, devorlardagi A.Siglinsev ishlagan gravyuralarni tomosha qilib, chiqiladi. Tashrifchilar katta darvozadan o‘tib, ichkariga kirganlaridan so‘ng, so‘l tomondagi bir zamonlar terrasa (ayvon) bo‘lib xizmat qilgan xonada Oybek uy-muzeyining ekspozitsiyasi bilan tanisha boshlaydilar. 2005 yilda Oybek tavalludining 100 yilligi munosabati bilan muzey ekspozitsiyasi yangilangan. Ekspozitsiya adabiy va memorial qismdan iborat.

Oybek VR turi