Sadriddin Ayniy uy muzeyi
Sadriddin Ayniy uy-muzeyi Samarqand shahrida joylashgan. Ushbu uy-muzeyi atoqli o‘zbek va
tojik yozuvchisi, tarjimon va adabiyotshunos olim Sadriddin Ayniy hayoti va ijodiga
bag‘ishlangan. Bu uyda Ayniy 1917-yildan oʻtgan asrning 50-yillari boshlarigacha yashagan.
Uy-muzey hozirgacha faoliyat koʻrsatmoqda. Muzey har kuni soat 9:00 dan 20:00 gacha ochiq.
Sadriddin Ayniyning sobiq uyi eski shahar markazida, Registon ko‘chasida, Registon maydoni
va ansambli hamda Amir Temur maqbarasidan uncha uzoq bo‘lmagan joyda joylashgan.
Yo‘l yoqasida, uy oldida "Shoirlar xiyoboni" maydoni va Mirzo Ulug‘bek nomidagi 2-umumta’lim
maktabi joylashgan.
Sadriddin Ayniy VR turi